Toshkent tibbiyot akademiyasida siyosiy-xuquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri

2015 yil 29 mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni munosabati bilan joriy yilning 24-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, qo‘mita raisi o‘rinbosari A.E.Raxmonov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy-ahloqiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Komilov, O‘zbekiston davlat jahon tillar unversiteti dotsenti D.S.Muitov va bir qancha davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Prezident saylovi jamiyat hayotidagi muhim siyosiy jarayon hisoblanib, unda barcha siyosiy partiya tuzilmalari yuksak ma’suliyatni xis etib harakat qilishi saylovchilarning demokratik ong tafakkurini oshirish, fuqarolarda yurtimizda amalga oshiraliyotgan islohotlarga, o‘zgarish va yangilanishga daxldorlik xissini kuchaytirish masalalari doim diqqat markazida turishi lozim.

Dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarning saylov qonunchiligini o‘rganib, shunday xulosaga kelish mumkinki mamlakatimizda yaratilgan huquqiy me’yorlarda saylov kompaniyasi bilan bog‘liq har bir jihat alohida e’tiborga olingan. Bu esa saylov o‘tkazilishi uchun barcha tashkiliy- huquqiy shart-sharoitlar yaratilib berilishi, eng asosiysi saylovlarni demokratik tamoyillar asosida o‘tishiga xizmat qiladi.

Tadbirning maqsadi O‘zbekistonda saylov tizimiga oid olib borilayotgan islohot va yaratilayotgan imkoniyatlarni uchrashuvlar, davra suhbatlari, siyosiy-xuquqiy va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri orqali yoshlarning huquqiy-siyosiy ongini oshirishga qaratilgandir.

Tadbirga tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan talaba-yoshlarga saylov huquqiga oid ma’lumotlar, qonunchiligimiz tizimida fuqarolarning huquq va burchlari to‘g‘risida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida har-bir fuqaro yuksak e’tibor bilan qatnashishligi o‘zi va kelajagiga e’tiborini anglatishi ta’kidlandi.

Ushbu tadbir ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.

603 total views, 1 views today

This post is also available in: Ўзбекча

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *